Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Kavkaz – dengizdan dengizgacha” forumi bo‘lib o‘tadi

“Kavkaz – dengizdan dengizgacha” forumi bo‘lib o‘tadi

Islom hamkorlik tashkiloti Axborot agentliklari ittifoqi – UNA-OIC xabar berishicha, 15-17 iyul kunlari Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniyda “Kavkaz – dengizdan dengizgacha” investisiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish, savdo aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilayotgan anjumanda Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrug, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari hamda Kaspiy va Qora dengiz bo‘yidagi mamlakatlarda investisiya salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

3000 dan ziyod ishtirokchi – ishbilarmonlar, ekspertlar, sanoat kompaniyalari vakillari, menejerlar, hukumat mulozimlari ishtirok etadigan, dasturdan 60 ga yaqin tadbir o‘rin olgan forumda tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, transport infratuzilmasi, sanoat, energetika, bank sektori, xalqaro hamkorlik, sog‘liqni saqlash, gumanitar kun tartibi e’tibor markazida bo‘ladi. Yalpi majlisdan tashqari, media-makon va ijodiy industriya, mintaqalarda ichki turizmni rivojlantirish kabi muhim mavzular alohida tahlil etiladi.

Kiritildi: 14:30 08.07.2024. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!