Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Evropada Eronning "gibrid urushi" boshlangani belgilari kuzatilyapti

Evropada Eronning "gibrid urushi" boshlangani belgilari kuzatilyapti

​Evropa shaharlaridagi sinagogalar, yahudiy xayriya tashkilotlari va AQSh banklariga uyushtirilayotgan hujumlarning ko‘payishi bunga dalolat berishi mumkin.

Financial Times nashri Gaagadagi Xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazi (ICCT) eksperti Julian Lanchesning fikrlarini keltirmoqda.

"​Buyuk Britaniya, Belgiya va Fransiyadagi qator jinoyatlar uchun javobgarlikni "Ashob al-Yasmin" guruhi o‘z zimmasiga oldi. Ushbu guruh bir oydan kamroq vaqt avval paydo bo‘lgan: 9 martga qadar "Ashob al-Yasmin" na internetda va na uning tashqarisida biron-bir iz qoldirgan", – dedi Lanches.

"Ular go‘yoki yo‘q joydan birdan paydo bo‘lgan guruh — bu g‘ayritabiiy holat", — deya ta’kidladi Lanches nashrga bergan intervyusida.

Uning fikricha, "Ashob al-Yasmin" Eron razvedkasining loyihasi bo‘lishi mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad — "Evropa mamlakatlarida tartibsizlik keltirib chiqarish va jamiyatni beqarorlashtirishdir".

Shu bilan birga, guruh hujumlarni amalga oshirish uchun ularning asl maqsadidan bexabar bo‘lgan uchinchi shaxslardan foydalanayotgan bo‘lishi ehtimoli yuqori, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 11:12. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!