“Karib dengizi qaroqchilari” filmi yaratilishi bilan mashhur bo‘lgan ssenarist va teleprodyuser Jey Uolpert Los-Anjelesda vafot etdi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.
U 3 yanvar kuni vafot etdi, ammo bu haqda faqat hozir ma’lum bo‘ldi.
Uolpert 79 yoshda edi. U uzoq vaqtdan beri alsgeymer kasalligi bilan kurashib kelardi.
Prodyuser “Karib dengizi qaroqchilari”dan tashqari, 2002 yilda chiqqan “Graf Monte-Kristo” filmining ssenariysini ham yozgan.