Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Karantin davrida nechta yo‘nalishsiz taksi haydovchisiga chora ko‘rildi?

Karantin davrida nechta yo‘nalishsiz taksi haydovchisiga chora ko‘rildi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda shu mavzuad  Toshkent shahar Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingdan muhim ma’lumotlar:

Toshkent shahar transport boshqarmasining avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish bo‘limi nozirlari, soliq, monopoliyaga qarshi kurash tashkiloti hamda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi 32 ta madad postida nazorat va monitoring tadbirlari olib borilmoqda;

— 10 iyuldan hozirga qadar yo‘l haqini asossiz oshirgan yoki tender shartnomasi talablarini buzgan 25 ta yuridik korxonaga ma’muriy choralar qo‘llanildi;

— 64 ta yo‘nalishsiz taksining lisenziya varaqalari bekor qilindi;

Bundan tashqari, yana 9 ta yuridik korxonaga chora ko‘rish va 21 ta taksining lisenziyasini bekor qilish bo‘yicha tayyorlangan xujjatlar sudga taqdim etildi.

Kiritildi: 14:40 22.07.2020. O'qildi: 2761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!