Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Karantin! Aprel uchun sotilgan oylik yo‘l chiptalari puli qaytarib beriladimi?

Karantin! Aprel uchun sotilgan oylik yo‘l chiptalari puli qaytarib beriladimi?

Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to‘xtatilgani munosabati bilan aprel oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari «Toshshahartransxizmat» AJning Oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi tomonidan qaytarib olinadi hamda pul mablag‘lari fuqarolarga to‘liq miqdorda qaytariladi.

Transport vazirligining ma’lum qilishicha, oylik yo‘l chiptalarini xarid qilishga ulgurgan yo‘lovchilar Yunusobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan «Toshshahartransxizmat» jamiyatiga murojaat etishi yoki +99871 2335423, +99871 2441752 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz. Toshkentda 22 martdan avtobus, metro va «marshrutka»lar harakati to‘xtatildi. Korxona va tashkilotlar tomonidan xodimlar uchun navbatchi transport vositasi qatnovi tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 23:11 25.03.2020. O'qildi: 2828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!