"Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qaroriga ko‘ra:
➖davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali joylashtirilgandan so‘ng kamida 7 yil davomida mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltiriladi;
➖davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi anderrayterlarning xizmat haqi qimmatli qog‘ozlar rejalashtirilganga nisbatan qimmatroq va (yoki) ko‘proq joylashtirilganligi natijasida shartnomada kelishilgan miqdordan oshgan hollarda, shartnoma boshlang‘ich narxini 10 foizdan ortiqqa oshirmaslik to‘g‘risidagi cheklov bekor qilinadi.