Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Kapadze: "Olimpiadada biz barcha uchrashuvda g‘alaba qozonsak bo‘lardi, qayerdadir omad yetishmadi"

Kapadze: "Olimpiadada biz barcha uchrashuvda g‘alaba qozonsak bo‘lardi, qayerdadir omad yetishmadi"

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani davom etmoqda.

"Olimpiadaga keladigan bo‘lsak, Osiyo kubogidan keyin oldimizda ko‘p vaqt qolmagan edi. Avvalo Olimpiadaga yo‘l olishdagi yuk bilan biz 3,5 yil harakat qildik, buni quvonchi albatta bor edi.

Ko‘p legionerlarimizda chempionatlar tugagandi, kimdirlardadir charchoq sezildi, ba’zilar jamoa almashtirdi. Balki oldimizda ko‘proq vaqt bo‘lganda boshqacha bo‘larmidi. Tayyorgarlikka kelsak, aytganimdek, vaqtimiz ko‘p emasdi. Tarkib shakllantirishda, o‘ziga yarasha, qiyinchiliklar bo‘ldi. Dukentda ham legionerlarsiz tayyorgarlik ko‘rishga to‘g‘ri keldi.

Yoshi katta futbolchilarimizning iqtidori, kuchini hammamiz yaxshi bilamiz. Futbolchilar bundan ko‘prog‘iga qodir edilar. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Ular uchun ham, biz uchun ham foydali bo‘ldi. Bu jamoaviy o‘yin. Eng asosiysi — biz barcha uchrashuvda g‘alaba qozonsak bo‘lardi, qayerdadir omad yetishmadi.

Kiritildi: 12:23 05.08.2024. O'qildi: 880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!