Bugun 4 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kante «Al-Ittihod» mashg‘ulotlarini boykot qildi

Kante «Al-Ittihod» mashg‘ulotlarini boykot qildi

Fransiyalik yarim himoyachi N'Golo Kante transferi barbod bo‘lgach, mashg‘ulotlarni boykot qilishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

Futbolchi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubidan Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga o‘tishi kerak edi, ammo "Al-Ittihod" vakillari transfer hujjatlarini rasmiylashtirishda xatoga yo‘l qo‘ygani sababli transfer amalga oshmadi. Bo‘lib o‘tgan voqea Kanteni qattiq ranjitdi.

Turkiyada transfer oynasi 6 fevralgacha ochiq, ammo Saudiya Arabistonida allaqachon yopilgan.

Kiritildi: 23:37 03.02.2026. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!