Ispaniyaning Kanar orollari arxipelagidagi orolida migrantlar oqimi keskin ko‘paydi. Noyabr oyining dastlabki besh kunida aholisi 11 ming kishidan iborat orolga 3,2 mingdan ziyod kishi kelgan. Ular orasida 300 dan ortiq bola va 11 nafar chaqaloq bor.
Kelganlar dastlab arxipelagning boshqa orollaridagi yordam markazlariga, keyin esa Ispaniya materigiga jo‘natilmoqda. Mahalliy hokimiyat 2024 yildagi vaziyat takrorlanishidan xavotirda. O‘sha yili Atlantika okeani orqali Ispaniyaga qariyb 50 ming migrant yetib kelgan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Atlantika yo‘nalishida kamida 1 200 kishi bedarak yo‘qolgan va cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin. Noqonuniy tashuvchilar ko‘pincha shishiriladigan qayiqlarga belgilangan me’yordan ikki baravar ko‘p odam joylashtiradi. Bu esa qayiqlarning ag‘darilish xavfini oshiradi.