Qashqadaryoda kanalizasiya qudug‘ini tozalamoqchi bo‘lgan ikki xodim qutqarildi.
15 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar “Tutzor” MFY hududidagi yo‘l yoqasida joylashgan kanalizasiya qudug‘iga “Suv oqova” MCHJning 2 nafar xodimi tozalash maqsadida tushganligi va qaytib chiqa olmaganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, chuqurligi 3 metr, diametr 1 metr bo‘lgan quduqning suv o‘tish yo‘liga tiqilib qolgan chiqindilarni tozalash maqsadida, 1 nafar ishchi tushgan va suv ko‘payib ketib, suv yutishi natijasida tobi qochgan hamda chiqa olmay qolgan.
Shundan so‘ng, uning sherigi yordam berish maqsadida tushib, u ham qolib ketgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqarolarni qutqarib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan. Hozirda shifokorlar nazoratida.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar mavjud emas.