Kanadaning Alberta provinsiyasida markaziy hukumat siyosatidan norozilik sababli 2026 yilda mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazishi mumkin
Bu haqda provinsiya bosh vaziri Daniel Smit bayonot berdi.
"Vaziyatni boshidanoq aniq qilib aytaman: bizning hukumatimiz Kanadadan ajralib chiqish masalasini referendumga qo‘ymaydi. Biroq agar ushbu masalani referendumga qo‘yish uchun zarur miqdorda imzo to‘play oladigan petisiya muvaffaqiyatli tarzda taqdim etilsa, biz demokratiya jarayonini hurmat qilamiz va bu masalani 2026 yilgi provinsiya referendumi byulleteniga kiritamiz. Ottavadagi markaziy hukumat bizning resurslarimizni o‘zlashtirishda, iqtisodiyotimizni yemirishda va konstitusiyaviy huquqlarimizni buzishda davom etmoqda", — dedi Smit.
Ta’kidlash joizki, Kanada qazib olinadigan neftning katta qismi aynan Alberta hissasiga to‘g‘ri keladi, biroq undan tushgan daromad boshqa provinsiyalar o‘rtasida taqsimlanadi. Shu sababli, Albertada Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilish tarafdorlari ko‘p, mahalliy aholi AQSh shtati maqomida ularning hayot darajasi yuqoriroq bo‘lishiga ishonadi.