Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak — Donald Tramp

 Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak — Donald Tramp

AQSh prezidenti Kanadadagi parlament saylovlari kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida "ikkala mamlakat o‘rtasidagi chegaraning sun’iy" ekanini yozdi. U kanadaliklarga "soliqlarni ikki baravar kamaytirish, harbiy qudratni dunyodagi eng yuqori darajaga tekinga ko‘tarish, nol darajali tarif va bojlarga ega kompaniyalarni to‘rt baravar ko‘paytirish uchun kuch va donolikka ega bo‘lgan shaxsni" tanlashda muvaffaqiyat tiladi va buning uchun Kanada Qo‘shma Shtatlarning 51-shtatiga aylanishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

"Endi sun’iy chizilgan chegaralar bo‘lmaydi... Qarang, bu kengliklar qanchalik ajoyib bo‘lishi mumkin. Chegaralarsiz erkin kirish. Faqat ijobiy tomonlar, hech qanday salbiylik yo‘q. Aynan shunday bo‘lishi kerak! Amerika endi avvalgidek Kanadani har yili yuzlab milliard dollar bilan subsidiyalay olmaydi. Agar Kanada shtatlarimizdan biriga aylanmasa, bundan hech qanday mantiq yo‘q", – deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: 23:55 28.04.2025. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!