Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kanadalik erkak 38 ta itni sayr qildirib, jahon rekordini yangiladi

Kanadalik erkak 38 ta itni sayr qildirib, jahon rekordini yangiladi

Kanadalik Mitchell Rudi yangi jahon rekordini o‘rnatish va hayvonlar muammolariga e’tiborni jalb qilish maqsadida bir vaqtda 38 ta itni sayrga olib chiqdi. Bu haqda Guinness World Records saytida xabar berildi.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, rekord o‘rnatish uchun itlarni sayrga olib chiqqan odam ular bilan kamida 1 kilometr masofani bosib o‘tishi lozim. Bunda butun sayr davomida jonivorlarni arqonda ushlab turish shart.

Mitchellning aytishicha, bu itlarning bir qismi kuchuk ko‘paytiruvchi pitomniklardan, boshqalari esa it go‘shtini yetkazib beradigan fermalardan qutqarib olingan.

Tadbirni tashkil etishda Kanadaning BONK xayriya tashabbusi va Janubiy Koreyaning K9 itlarni qutqarish xizmati (KK9R) yordam ko‘rsatdi. KK9R sayrda qatnashgan itlarni oilalarga tarqatish maqsadida o‘z himoyasiga oldi.

“Ajoyib jonivorlar, ular yaxshi uyga munosib, ularga ozgina mehr-u muhabbat kerak, xolos”, — dedi Mitchell. U bir vaqtda shunchalik ko‘p to‘rt oyoqli do‘stlar bilan vaqt o‘tkazish imkoniyatidan xursand bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Avvalgi rekord sentyabr oyida Janubiy Koreyaning Kvasan shahrida o‘rnatilgandi. O‘shanda 36 ta it sayrga chiqarilgan.

Kiritildi: 23:46 22.10.2024. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!