Kanadaning g‘arbiy qismidagi ulkan o‘rmon yong‘inlari eng xavfli hududlardan 22 000 kishini evakuasiya qilishga majbur qildi.
Bu haqda Kanada ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Britaniya Kolumbiyasida 10 000 gektardan ortiq maydonni qamrab olgan yong‘inlar tufayli favqulodda holat e’lon qilindi.
Hozirda viloyatda 105 ta faol yong‘in mavjud. Aholini evakuasiya qilish uchun vertolyotlardan foydalanilmoqda.