Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Kanada - O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida jamoalar qanday libosda harakat qilishi aniq bo‘ldi (video)

Kanada - O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida jamoalar qanday libosda harakat qilishi aniq bo‘ldi (video)

Ertaga — 2 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Bugun mazkur bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘yinga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.

Mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi. Mezbonlar esa maydonga qizil rangli futbolkalarda tushishadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 2 iyun kuni «Commonwealth» stadionida soat 06:00 da start oladi.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!