Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Kanada Tramp bilan jangga tayyorlanmoqda

Kanada Tramp bilan jangga tayyorlanmoqda

Kanada hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp barcha Kanada mahsulotlariga yuqori bojxona to‘lovlarini joriy etgan taqdirda, aholi va mahalliy tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda CTV telekanali xabar berdi.

Hukumatdagi manbalariga ko‘ra, iqtisodiyotning har bir tarmog‘i uchun imtiyozlar ko‘zda tutilmoqda. Bu imtiyozlarning darajasi koronavirus pandemiyasi paytida Kanada tadbirkorlari va aholisi olgan yordam hajmi bilan taqqoslanishi mumkin. Telekanal Kanadada pandemiya davrida aholiga ko‘rsatilgan yordam hajmi 82 milliard Kanada dollari (57 milliard AQSh dollari) miqdorida bo‘lganini eslatib o‘tdi.

Kanada, Meksika va AQSh ushbu davlatlar o‘rtasida erkin savdo hududini yaratishni nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnoma bilan bog‘langan. Biroq 25 noyabr kuni Tramp prezidentlik lavozimidagi birinchi kunidayoq noqonuniy migrasiya va narkotik moddalar kontrabandasi sababli Kanada va Meksikadan keladigan barcha mahsulotlarga 25 foiz miqdorida boj joriy etishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:15 29.01.2025. O'qildi: 1311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!