Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Kanada dunyo yetakchisi sifatida Qo‘shma Shtatlarning o‘rnini egallashga tayyor!

Kanada dunyo yetakchisi sifatida Qo‘shma Shtatlarning o‘rnini egallashga tayyor!

Bu haqda Kanada bosh vaziri Mark Karni The New York Times nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Karnining so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning global ta’siri zaiflashayotgan bir vaqtda Kanada davlatlarning yangi koalisiyasiga yetakchilik qilishga tayyor. Bosh vazir, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarining 80 yillik yetakchilik davri nihoyasiga yetganini bildirdi va ishonch hamda erkin savdo asosida tuzilgan ittifoqlar davri ortda qolganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Karni Qo‘shma Shtatlardan import qilinadigan yengil va yuk avtomobillariga 25 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. Kanada hukumati rahbarining qayd etishicha, bu bojlar mamlakat byudjetiga 5,7 milliard dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.

Kiritildi: 11:20 05.04.2025. O'qildi: 997 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!