Grenlandiya atrofidagi keskinlashib borayotgan vaziyat sharoitida Kanaka bosh vaziri ittifoqchilarni NATO mexanizmlari orqali Arktika xavfsizligini ta’minlashga chaqirmoqda.
Bu haqda Kanada Bosh vaziri Mark Karni ma’lum qildi.
"Arktikaning - NATOning shimoliy va g‘arbiy yon tomonlarining xavfsizligi bizning Ittifoqimiz uchun juda muhimdir. Kanada Arktika xavfsizligini ta’minlashning eng yaxshi yo‘li NATO doirasida birgalikda ishlash ekanligiga qat’iy ishonadi", deb yozgan u.
Karnining so‘zlariga ko‘ra, Kanada hukumati vaziyatning keskinlashuvidan xavotirda va Arktika mintaqasida harbiy va muhim infratuzilmani mustahkamlaydi.
"Kanada barcha hollarda, jumladan, Grenlandiya va Daniya Qirolligiga nisbatan suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz doimiy ravishda ta’kidlaganimizdek, Grenlandiyaning kelajagini faqat Grenlandiya va Daniya belgilashi kerak", deb qo‘shimcha qildi Kanada bosh vaziri.