Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo iste’foga chiqish bo‘yicha qarorini e’lon qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Liberal partiya yangi yetakchini saylagandan keyin o‘z lavozimini tark etadi. Jastin Tryudo deyarli 10 yil Kanada bosh vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tryudo, shuningdek, Kanada general-gubernatori Meri Saymondan (Buyuk Britaniya monarxi tomonidan tayinlangan) parlamentni 24 martgacha tarqatmaslikni so‘radi.Gubernator rozi bo‘lgan.
Kelgusi ikki oy ichida Liberal partiya parlament saylovlarida Per Poyevre boshchiligidagi konservatorlarni mag‘lub etishga urinadigan yangi yetakchini saylashi kutilmoqda.