Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kanada bosh vaziri: "Biz Grenlandiyaning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini himoya qilamiz"

Kanada bosh vaziri: "Biz Grenlandiyaning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini himoya qilamiz"

Kanada AQSh hukumatining orolni Qo‘shma Shtatlarga qo‘shib olish niyati haqidagi bayonotlarini inobatga olgan holda Grenlandiyaning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qat’iy himoya qiladi.

Bu haqda Kanada Bosh vaziri Mark Karni ta’kidlab o‘tdi.

"Arktika suvereniteti borasida biz Grenlandiya va Daniya bilan qat’iy turibmiz va ularning Grenlandiya kelajagini belgilashdagi noyob huquqini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz", dedi u Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida.

Bundan tashqari, Kanada bosh vaziri Ottava Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) doirasida kollektiv mudofaa tamoyiliga qat’iy rioya qilish niyatida ekanligiga ishontirdi. "NATOdagi 5-moddaga bo‘lgan sadoqatimiz sobitdir", deb ta’kidladi Karni. 1949 yilda Vashingtonda imzolangan Shimoliy Atlantika Shartnomasining 5-moddasi blokning kollektiv mudofaa tamoyilini mustahkamlaydi.

Bosh vazir shuningdek, Rossiya "Arktikadagi haqiqiy tahdid" ekanligini ta’kidladi. Bu Kanadaning ufqdan tashqari radar stansiyasini qurishi va Arktikada harbiy ishtirokini oshirishining sabablaridan biridir, deb qo‘shimcha qildi Karni.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!