Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Bloomberg Trampning Tinchlik kengashiga taklif etilgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi

Bloomberg Trampning Tinchlik kengashiga taklif etilgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi

Agentlik taqdim qilgan ro‘yxatda jami 49 ta davlat bor bo‘lib, ular orasida Yevropa davlatlarining aksariyati, shuningdek, O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Isroil, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Ummon va boshqa mamlakatlar mavjud. Ro‘yxatda Yevrokomissiya alohida ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, hozircha barcha davlatlar ham taklifnoma olganini rasman e’lon qilmagan va ro‘yxat to‘liq emas.

Ro‘yxatda Xitoy yo‘q. Biroq AFP ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin ushbu kengashga taklif qilinganini tasdiqlagan. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qilgan.

Agentlik, ayrim davlatlar kengash faoliyati shartlarini qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan bo‘lsalar ham, Donald Tramp Tinchlik kengashi nizomini 22 yanvar, payshanba kuni Davos Xalqaro iqtisodiy forumida imzolashni rejalashtirayotganini yozgan.

Kiritildi: Bugun 15:27. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!