Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

"Men fransuz vinolariga boj joriy qilaman, shunda Makron..."

"Men fransuz vinolariga boj joriy qilaman, shunda Makron..."

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronni Tinchlik kengashiga qo‘shilishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi. Tramp bu haqda jurnalistlarga bergan bayonotida ma’lum qildi.

"Makron tez orada lavozimini tark etadi. Agar u o‘z pozisiyasini o‘zgartirmasa, men fransuz vinolari va shampanlariga 200 foizlik boj joriy qilaman, shunda u Tinchlik kengashiga qo‘shiladi", — dedi Tramp.

Avvalroq Bloomberg agentligi Emmanuel Makron ushbu taklifni qabul qilish niyatida emasligini xabar qilgan edi.

Financial Times nashrining yozishicha, Tinchlik Kengashi nizomi matnida G‘azo tilga olinmagan, ammo "tinchlikni mustahkamlash uchun yanada moslashuvchan va samarali xalqaro organ" tuzish zarurligi alohida ta’kidlangan.

Jurnalistlar va ekspertlar bu kengashni Tramp harakatsizligi uchun bir necha bor tanqid qilgan BMT Xavfsizlik kengashiga raqobatchi bo‘lishi mumkin deya baholagan.

Nizomda kengashning doimiy a’zosi bo‘lishni istagan davlatlar birinchi yil davomida 1 mlrd dollar miqdorida badal to‘lashi kerakligi ko‘rsatilgan, shu yo‘l bilan yig‘ilgan barcha mablag‘lar G‘azo sektorini tiklashga yo‘naltiriladi. Vaqtinchalik a’zolik esa bepul bo‘lib, mamlakatga uch yil muddatga beriladi.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!