Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kamala Xarris: "Vashington Isroil yoki G‘azoga qo‘shin yuborish niyatida emas"

A A A
Kamala Xarris: "Vashington Isroil yoki G‘azoga qo‘shin yuborish niyatida emas"

Qo‘shma Shtatlar Isroil yoki G‘azo sektoriga qo‘shin jo‘natish niyatida emas. Bu haqda AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vise-prezident Isroilning «o‘zini himoya qilish huquqi» borligini ta’kidladi, ammo «HAMAS va falastinliklarni chalkashtirmaslik kerak», dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, falastinliklar ham isroilliklar kabi xavfsizlik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash va hurmat qilish huquqiga ega.

Xarris Isroil-Falastin mojarosida urush qoidalarini hurmat qilish zarurligi haqida ham gapirdi.

Shuningdek, vise-prezident Eronni bu masalaga aralashmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: 23:03 30.10.2023. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!