"Xayrli kech, Amerika! Bir hafta ichida siz hayotingizga, oilangiz hayotiga va biz sevadigan ushbu mamlakat kelajagiga bevosita ta’sir qiladigan qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz", – degan Harris o‘z nutqining boshida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak saylovlar “ikki partiya va ikki xil nomzod o‘rtasidagi tanlovdan ko‘ra ko‘proq”.
Miting o‘tkaziladigan joy tasodifan tanlanmagan – bu joy Oq uy yonida joylashgan va Ellips parki nomi bilan mashhur. Bu yerda 2021 yil 6 yanvar kuni uning saylovdagi raqibi respublikachi Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan suhbatlashgan va shundan keyin saylovchilarning ba’zilari Kapitoliy binosiga bostirib kirgan edi.
Harrisning ta’kidlashicha, to‘rt yil oldin aynan shu joyda Tramp erkin va adolatli saylovda xalqning irodasini yo‘qotganini bilib turib, Kapitoliyga qurolli to‘dani yuborgan.