Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Eron atrofidagi vaziyat yuzasidan ehtiyotkorlikka chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, urushga kirish oson bo‘lsa-da, undan chiqish juda qiyin. Kallas bu holatni “sevgi sarguzashti”ga qiyoslab, mojarolar tezda kengayib ketishi mumkinligini aytdi.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi Eron bilan uzoqqa cho‘zilishi mumkin bo‘lgan mojaroga osongina tortilib ketishi ehtimoli borligini qayd etdi.

Kallas AQSh tomonidan Hormuz bo‘g‘ozida yordam so‘ralayotgan bir paytda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik va barcha qarorlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:35 20.03.2026. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!