Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas G‘arb davlatlarini Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun Rossiyaga maksimal xalqaro bosim o‘tkazishga chaqirdi.
U X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotini Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga yirik zarbalaridan keyin berdi.
"Biz bu urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga eng kuchli xalqaro bosim o‘tkazishimiz kerak," - dedi u.
Uning fikricha, Rossiya "Ukrainani yo‘q qilishga" intilmoqda, buni yaqinda Ukraina hududida sodir bo‘lgan keng ko‘lamli hujumlar tasdiqlaydi.