Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Kaliforniya dunyodagi eng yirik 5 ta neft kompaniyasini sudga berdi

Kaliforniya dunyodagi eng yirik 5 ta neft kompaniyasini sudga berdi

Amerikaning Kaliforniya shtati jahondagi eng yirik 5 ta neft kompaniyasi — Exxon Mobil, Shell, BP, ConocoPhilips va Chevron’ga nisbatan iqlim krizisi keltirib chiqarganligi uchun San-Fransisko sudiga fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atdi.

New York Times nashriga ko‘ra, da’vo arizasida shtat hokimiyati iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlarga qarshi kurashish uchun bu besh kompaniya maxsus fond tuzib, mablag‘ ajratishi kerakligi talab qilingan. Beshta yirik neft kompaniyasi bilan birgalikda Amerika neft instituti ham javobgar sifatida tilga olingan.

Shtat bu kompaniyalarni ko‘p yillardan buyon uglevodorodli yoqilg‘ilarning zararlarini pasaytirib ko‘rsatish va jamoatchilikni aldab kelganlikda ayblagan. Xuddi shunday da’vo arizalarini so‘nggi yillarda turli sudlarga AQShning 7 ta shtati va o‘nlab munisipalitetlari bergan.

Lekin, ekspertlarning fikricha bu ish neft-gaz sektoriga kuchli qarshilik keltirib chiqarishi mumkin, chunki Kaliforniya AQShdagi aholi eng zich yashovchi shtat hisoblanadi va bunday ishlarda g‘alaba qozonishda beqiyos tajribaga ega.

Kiritildi: 22:58 17.09.2023. O'qildi: 2297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!