Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Kaka va Ronaldo Anchelottini Braziliya terma jamoasini boshqarishga ko‘ndirmoqchi

A A A
Kaka va Ronaldo Anchelottini Braziliya terma jamoasini boshqarishga ko‘ndirmoqchi

Braziliya terma jamoasi sobiq afsonaviy futbolchilari Kaka va Ronaldo italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottini milliy jamoani boshqarishga ko‘ndirmoqchi.

"The Athletic" xabar tarqatishicha, ular "Real" ustozining Braziliyaga kelishida muhim rol o‘ynashi mumkin. Boisi, aynan ular Braziliya futbol konfederasiyasi nomidan Anchelotti bilan muzokara olib borishmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Anchelotti, agar yozda "Real"dan ketadigan bo‘lsa, "pentakampeonlar"ni qabul qilishga tayyor. Uning Madridda kelajagi esa jamoaning joriy mavsumdagi natijalariga bog‘liq. Peres uni iste’foga chiqarmasa, mutaxassisning o‘zi "Real"da qolib o‘z ishini davom ettirishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Anchelottining "Real Madrid" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 14:58 29.03.2023. O'qildi: 1548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!