Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Kadastr xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Kadastr xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

🪙Davlat kadastrlar palatasining Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tuman filiali xodimi mazkur tumanda joylashgan 8 sotix yer maydonidagi xonadonning kadastr hujjatlarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qiladi.

🚨Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kadastr xodimi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:21 29.12.2025. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!