Bugun 13 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Jurnalistlar Trampni sudga berdi

Jurnalistlar Trampni sudga berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan Manhetten federal sudiga da’vo arizasi kiritildi. The Intercept va “Media erkinligi jamg‘armasi” (Freedom of the Press Foundation) uning Truth Social tarmog‘idagi xabarlarini pullik asosda barvaqt ko‘rish xizmatini to‘xtatishni talab qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Truth API xizmati oylik 100 ming dollargacha to‘lov evaziga 10 ta muhim akkauntdagi xabarlarni boshqalardan oldinroq olish imkonini beradi. Ushbu akkauntlar orasida Trampning shaxsiy sahifasi mavjud. Truth API xizmati orqali taklif qilinayotgan boshqa akkauntlar orasida vise-prezident Jey Di Vens, Sog‘liqni saqlash vaziri kichik Robert Kennedi, FQB direktori Kesh Patel va Oq uyning rasmiy sahifasi ham bor.

Truth API xizmati 1 avgust kuni ishga tushirildi. Oq uy bu masalaga darhol munosabat bildirmadi. Da’vo bo‘yicha Oq uyning boshqa rasmiylari ham javobgar sifatida ko‘rsatilgan. Ammo Trump Media kompaniyasi javobgarlar ro‘yxatida yo‘q.

Tramp ko‘pdan beri Truth Social platformasidan foydalanib keladi. U yerda bojlar va Yaqin Sharqdagi nizolar haqida xabarlar beriladi. Bunday yangiliklar aksiyalar, neft va boshqa bozorlardagi narxlarni o‘zgartirib yuboradi.

Topshirilgan da’voning maqsadi — pullik xizmat mavjud bo‘lgan davrda Oq uyning rasmiy e’lonlarini faqat Truth Social platformasiga joylashni taqiqlashdir. Da’vogarlar xizmatni o‘ta korrupsiyalashgan deb baholadi. Chunki obunachilar ko‘paygan sari prezident moliyaviy foyda ko‘radi.

Shuningdek, ular ushbu xizmat AQSh Konstitusiyasining birinchi tuzatishini buzayotganini ta’kidladi. Ularning fikricha, har bir odam Trampning e’lonlarini teng ko‘rish huquqiga ega. Prezidentning xabarlarini xususiy obunachilarga sotish va bundan daromad olishda davlatning hech qanday qonuniy manfaati yo‘q.

Arizaga ko‘ra, Trampning ikkinchi prezidentlik muddatida Truth Social tarmog‘ida qoldirgan 9000 dan 11 000 gacha bo‘lgan xabarlarining ko‘pi bo‘yicha keyinchalik Oq uyning rasmiy bayonoti berilmagan.

Kiritildi: Bugun 21:42. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!