Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Jurnalist Irina Matviyenko o‘lim tahdidi tufayli O‘zbekistonni tark etdi

A A A
Jurnalist Irina Matviyenko o‘lim tahdidi tufayli O‘zbekistonni tark etdi

O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi mustaqil "Nemolchi" loyiha asoschisi Irina Matviyenko o‘lim tahdidi tufayli mamlakatni vaqtincha tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Telegram'dagi kanalida ma’lum qildi.

Aprel oyi oxirida unga tahdidli xabar keldi. Noma’lum shaxs faolni oy oxirigacha o‘ldirishga majbur bo‘lganini yozgan. Shu bilan birga, u haqidagi barcha ma’lumotlarni bilishini aytgan.

Keyinroq Irina Matviyenko O‘zbekistonni bir necha haftaga tark etganini ma’lum qildi.

"O‘lim tahdidini olganimdan keyin xatti-harakatlarim o‘zgardi. Men unga kimningdir ahmoq hazilidek munosabatda bo‘lishga harakat qildim, lekin pod’ezdga kirishga, koridor bo‘ylab ofisga borish qo‘rqinchli edi.

Jurnalist Irina Matviyenko o‘lim tahdidi tufayli O‘zbekistonni tark etdi

Yakuniy qarorni o‘tgan hafta psixolog bilan mashg‘ulotdan so‘ng qabul qildim. Uning so‘zlariga ko‘ra, xabarning uslubi psixopatnikiga o‘xshaydi. Bu bahorda odatdagidan ko‘ra ruhiy kasalliklarning ko‘p kuchayishi mavjud. Bu psixopat meni o‘ldirishi mumkin. Shuning uchun men bir necha haftaga mamlakatni tark etishim kerak deb o‘yladim", - deb yozadi Irina Matviyenko.

Hozirda u Gruziyada. Shuningdek, u albatta qaytib kelishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 14:45 03.05.2023. O'qildi: 4196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!