Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

JSST Tolibondan zilziladan keyin ayollarga yordam berish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashni so‘radi

JSST Tolibondan zilziladan keyin ayollarga yordam berish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashni so‘radi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Tolibon hukumatidan afg‘on ayol yordam xodimlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni, ularga erkak vasiysiz sayohat qilish va mamlakat sharqida kuchli zilziladan keyin tibbiy yordamga muhtoj ayollarga xizmat ko‘rsatish imkonini berishni talab qildi.

Afg‘onistonning Bambakot qishlog‘ida 6 sentyabr kuni sodir bo‘lgan halokatli zilzilalar 2200 nafar odamning hayotiga zomin bo‘ldi. 1 sentyabrdagi 6 magnitudali zilzila va uning takroriy kuchli silkinshlari natijasida 3600 dan ortiq kishi yaralandi, minglab odamlar esa boshpanasiz qoldi.

JSSTning Afg‘onistondagi vakolatxonasi rahbar o‘rinbosari doktor Mukta Sharma Reuters agentligiga “asosiy muammo – tibbiyot sohasida ayol mutaxassislarning katta yetishmovchiligi” ekanini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, tibbiyot xodimlarining 90 foizini erkaklar tashkil qiladi, qolganlari esa asosan akusher va hamshiralar bo‘lib, og‘ir jarohatlarni davolash imkoniyatiga ega emas.

Sharma, Tolibon ayollarning o‘rta maktab va oliy o‘quv yurtlarida o‘qishini cheklagani uchun kelajakda ayol shifokorlar soni yanada qisqarishidan xavotir bildirdi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Osiyoda ona o‘limi eng yuqori darajada bo‘lgan mamlakatda zilzilalar qariyb 11,600 homilador ayolga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Tolibon rasmiylari JSSTning bu murojaatiga hozircha izoh bermagan.

Kiritildi: 19:26 08.09.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!