Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

JSST rahbari G‘azoda to‘yib ovqatlanmaslik tufayli o‘lim holatlari keskin oshganini tasdiqladi

JSST rahbari G‘azoda to‘yib ovqatlanmaslik tufayli o‘lim holatlari keskin oshganini tasdiqladi

G‘azo sektorida to‘yib ovqatlanmaslikdan o‘lim holatlari keskin oshgani qayd etilgan.

Bu haqda JSST tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

"Ayni paytda biz to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq o‘limlar soni keskin oshganini ko‘rmoqdamiz. 2025 yilda JSST oziq-ovqat etishmasligi tufayli besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 21 ta holatini hujjatlashtirdi".

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik belgilari Falastin anklavidagi aholining 10% dan ortig‘ida kuzatiladi, ayollar va emizikli onalar orasida bu ko‘rsatkich 20% ga etadi. JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, gumanitar yordam yetkazib berish to‘xtatilgani va uning G‘azoga kirishiga cheklovlar qo‘yilgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Avvalroq Falastin anklavining OAV bo‘limi 2025 yilning mart oyida G‘azo to‘liq blokada o‘rnatilganidan buyon ochlikdan kamida 67 bola halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 2 martidan beri G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazilmagan va Isroil qarori bilan barcha nazorat-o‘tkazish punktlari yopiqligicha qolmoqda.

Kiritildi: 23:18 23.07.2025. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!