Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

JSST ogohlantirgan dori O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganmi? Vaziyat qanchalik xavotirli?

A A A
JSST ogohlantirgan dori O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganmi? Vaziyat qanchalik xavotirli?

Ijtimoiy tarmoqlarda JSST tomonidan Hindistonda ishlab chiqarilgan "Cold Out" yo‘tal va shamollashga qarshi zaharli sirop xavfidan ogohlantirish xabarlari tarqalmoqda.

Ushbu yo‘talga qarshi qo‘llaniluvchi dori vositasi haqida Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi quyidagilarni ma’lum qildi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, "Cold Out" siropi “Fourrts Laboratories” (Hindiston) tomonidan “Dabilife Pharma” uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning tarkibida toksinlar borligi qayd etilgan.

Shuningdek, Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur dori vositasi Iroqda o‘tkazilgan alohida sinovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, erkin savdodan qaytarib olingan.

Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Hindistonning “Fourrts Laboratories” tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan yurtdoshlarimiz xavotirga tushmasliklarini bildiradi.

Ma’lumot uchun, “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi.

Ta’kidlash joiz, 2023 yil fevral oyidan boshlab, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan va mamlakatimizga kirib kelayotgan sirob shakldagi dori vositalari tarkibi dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) zaharli moddalari bo‘yicha chuqur tekshirilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada qat’iy nazorat o‘rnatilganligini eslatib o‘tamiz.

Kiritildi: 06:58 09.08.2023. O'qildi: 1689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!