Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

JSST maymun chechagiga qarshi ikkinchi vaksinani tasdiqladi

JSST maymun chechagiga qarshi ikkinchi vaksinani tasdiqladi

Uni bolalarda ham qo‘llash mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi (mpox) virusiga qarshi yaratilgan ikkinchi vaksinani tasdiqladi. Yaponiyaning “KM Biologics” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu emlash vositasi “LC16m8” deb nomlanadi.

Xo‘sh, yangi vaksinaning avvalgi turdoshidan qanday farqli jihati bor?

Qayd etilishicha, shu yil sentyabr oyida foydalanish uchun ruxsat etilgan Daniyaning “Bavarian Nordic A/S” kompaniyasiga tegishli “MVA-BN” nomli ilk emlash preparati 18 yoshdan oshganlarda qo‘llashga mo‘ljallangan edi.

Yaponiyada ishlab chiqarilgan yangi vaksinani esa nafaqat kattalar, balki bir yoshdan oshgan bolalar ham favqulodda holatlarda qabul qilishi mumkin.

JSST bayonotida aytilishicha, Yaponiya hukumati maymun chechagi epidemiyasi avj olgan Kongo Demokratik Respublikasiga ushbu vaksinadan 3 million dozasini beg‘araz yordam sifatida yetkazib berishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida dunyo bo‘yicha mpox infeksiyasiga chalinish holatlari rekord darajaga yetib, 2763 ta yangi kasallanish holati ro‘yxatga olingan edi. Aniqlangan bemorlarning asosiy qismi Afrika mintaqasi aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: Bugun 15:07. O'qildi: 162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!