Homilador ayollar COVID-19 dori va vaksinalari sinov jarayonlariga jalb qilinishi kerak. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu toifa vakillari infeksiya bilan zararlangan taqdirda kasallikning og‘ir kechishi xavfi mavjud. Barcha mamlakatlarda homilador ayollar o‘zi va farzandlarining hayotini himoya qilish uchun vaksinalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
«Shuningdek, biz homilador ayollarni yangi dorilar va vaksinalarning klinik sinovlariga qo‘shishga chaqiramiz», dedi Gebreyesus.
Uning so‘zlariga ko‘ra, olimlar hali ko‘krak sutida Sars-Cov-2 virusini uchratishmagan va homilaning koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishi juda kam uchraydi.