Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

JSST G‘azo sektoriga tibbiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirishga tayyorligini bildirdi

A A A
JSST G‘azo sektoriga tibbiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirishga tayyorligini bildirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan G‘azo sektoriga yordamni oshirishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi Anadolu.

Gebreyesus X platformasida Isroil va XAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilgani haqida bayonot berdi

“Ko‘p odamlar halok bo‘ldi, juda ko‘p oilalar azob chekdi. Umid qilamizki, barcha tomonlar erishilgan kelishuvni hurmat qiladi va uzoq muddatli tinchlik uchun harakat qiladi”, – dedi u.

Uning qayd etishicha, o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azodagi mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv ko‘ngilni quvontiradi

“JSST hamkorlar bilan birgalikda qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga tayyor”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 18:52 16.01.2025. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!