Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

JSST Ebola virusining kamyob shtammi tarqalishi sababli pandemiyaga yaqin bo‘lgan xavf darajasini e’lon qildi

JSST Ebola virusining kamyob shtammi tarqalishi sababli pandemiyaga yaqin bo‘lgan xavf darajasini e’lon qildi

Bu haqda DW xabar berdi.

Ebola virusining "Bundibugyo" turi tarqalishi Demokratik Kongo Respublikasi (DKR) va Ugandada 88 nafar aholining hayotiga zomin bo‘ldi, mintaqada jami 330 dan ortiq kasallanishga gumon qilingan holatlar qayd etilgan. JSST haqiqiy kasallanganlar soni bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Shu munosabat bilan favqulodda holat rejimi — xavf darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi tartib e’lon qilindi.

Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining bayonotida qayd etilishicha, undan yuqori faqat pandemiya darajasi mavjud, biroq vaziyat hali ungacha yetib borgani yo‘q.

Ebola tarqalishi haqida 15 may kuni muntazam ravishda harbiy mojarolar sodir bo‘lib turadigan Ituri provinsiyasi rasmiylari xabar berdi. Qo‘shni Ugandada ham Ebola yuqtirgan bir erkak vafot etdi, unda "Bundibugyo" shtammi aniqlangan.

Kongo Sog‘liqni saqlash vaziri Samuel Roje Kambaning ta’kidlashicha, virusning ushbu shtammiga qarshi na vaksina va na maxsus davolash usuli mavjud bo‘lib, unda o‘lim ko‘rsatkichi 50 foizgacha yetadi. Ayni paytdagi vaziyat Kongoda Ebolaning sodir bo‘layotgan 17-epidemiyasidir. Bundan avvalgi kasallik tarqalishi 2025 yilning avgust oyida kuzatilgan va o‘shanda 34 kishi vafot etgan edi.

Mamlakatdagi eng yirik epidemiya 2018 yildan 2020 yilgacha davom etgan va unda 2300 ga yaqin o‘lim holati qayd etilgan. Umumiy hisobda, so‘nggi 50 yil ichida Afrikada ushbu kasallikdan 15 000 ga yaqin inson hayotdan ko‘z yumgan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!