Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Joze Mourino o‘zbekcha chopon va do‘ppi kiydi (foto)

A A A
Joze Mourino o‘zbekcha chopon va do‘ppi kiydi (foto)

Portugaliyaliklar ushbu ko‘rinishda Rim klubi hujumchisi, o‘zbekistonlik sportchi Eldor Shomurodovning mehmonlarini o‘quv-mashg‘ulot bazasida kutib olishdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Yaqinda O‘zbekiston delegasiyasi futbolchini ko‘rish maqsadida “Roma”ning mashg‘ulot bazasiga yetib keldi. Joze Mourino delegasiya bilan uchrashish uchun O‘zbekiston milliy libosini kiydi. Shuningdek, mehmonlar 58 yoshli portugaliyalik ustozga o‘zbekcha xanjar sovg‘a qilishdi.

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Mourinoning o‘zbek libosida, qo‘lida xanjar bilan tushgan surati tarqaldi. Muhokama ishtirokchilari va futbol klubi muxlislari o‘zbekcha mavzularda o‘z fikr-mulohaza va memlarini qoldirdi.

Avvalroq o‘zbekistonlik futbolchi, hozirda Italiyaning “Roma” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov avgust oyida “Roma” bilan 2026 yilning iyun oyi oxirigacha 5 yillik shartnoma imzolagani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Futbolchi klub tarkibida 13 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 14:45 06.12.2021. O'qildi: 3718 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!