⚠️ “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari hamkorligida joylarda giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
1️⃣ Xususan, Xorazm viloyatining Urganch shahrida yashovchi, 1983 y.t. shaxs ushlanib, uning yonidan 5 gr “opiy” moddasi topilgan bo‘lsa, u ijaraga olgan xonadondan esa 887 gr “opiy” va 71 gr “geroin” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Aniqlanishicha, u qo‘shni davlatdagi jinoiy sheriklaridan olib kelgan ajal og‘usini kelgusida sotib, mo‘may daromad topishni rejalashtirgan.
2️⃣ Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda esa Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1991 y.t. fuqaroning yashash xonadonidan muqaddam Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan, umumiy bahosi 140 mln so‘mni tashkil qiluvchi, 2800 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi.
3️⃣ Bunday qonunbuzilish holati Toshkent viloyatida ham qayd etildi. Ya’ni, Toshkent tumanida yashovchi, 1996 y.t. shaxs va uning tanishi bo‘lgan, 1994 y.t. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi o‘zaro kelishgan holda, muqaddam Qozog‘istondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 300 ml “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini xaridorga 300 AQSh dollari va 600 ming so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bundan tashqari, ularning yonidan bir necha dona “Pregabalin” kapsulalari va “Tropikamid” suyuqligi bo‘lgan flakonlar ham ashyoviy dalil sifatida olindi.
Aniqlanishicha, narkosavdogarlar mamlakatimizga kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni turli nomdagi dori vositalari idishlariga joylashtirgan holda olib kelishgan.
📗 Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.