Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Joriy yilda 2 ming 152 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo qilib, 100 mingdan ziyod xonadonni foydalanishga topshirish reja qilingan

Joriy yilda 2 ming 152 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo qilib, 100 mingdan ziyod xonadonni foydalanishga topshirish reja qilingan

Yil yakuniga qadar 2 trillion so‘mlik ishlarni bajarib, 570 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash va beton qoplamali kanallar ulushini 39 foizga yetkazish, 13 ming kilometr yo‘l, 195 ta ko‘prikni foydalanishga topshirish zarurligi qayd etildi.

Joriy yilda 2 ming 152 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo qilib, 100 mingdan ziyod xonadonni foydalanishga topshirish reja qilingan. Buning uchun 9 mingta xonadonli 195 ta uy-joy qurilishini tezroq boshlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilashga ajratilayotgan mablag‘larning samarasini aholimiz kundalik hayotida his qilishi shartligi ta’kidlandi. Jumladan, hududlarda 2 ming kilometr tarmoq, 99 ta suv inshooti va 1 ta oqova suv nasos stansiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Kiritildi: 12:20 17.07.2024. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!