Tramp partiyasi yetakchisi Jon Tyun Falastinga hujum uchun Isroil mansabdorlariga ish ochgan xalqaro sudga tahdid qildi.
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va Isroilning boshqa mulozimlarini hibsga olish uchun order bergandi. AQSh senatida ko‘pchilik ovozga ega bo‘lgan respublikachilar yetakchisi etib saylangan Jon Tyun bu ishi uchun jinoyat sudiga tahdid qildi.
«Agar xalqaro jinoyat sudi Falastindagi harbiy jinoyatlari uchun isroillik mansabdor shaxslarga nisbatan berilgan orderlarni qaytarib olmasa, Senat zudlik bilan Xalqaro jinoyat sudiga nisbatan sanksiyalar qo‘llash haqida qonun qabul qilishi kerak», — degan Jon Tyun.