Oq uyda jurnalistlar AQSh prezidentidan Isroilning Eron hududidagi neft ob’ektlariga ehtimoliy hujumlari haqidagi so‘zlariga oydinlik kiritishni so‘rashdi.
"Isroil Eronning harakatlariga javoban qanday javob chorasi ko‘rilishi haqida hali qaror qilgani yo‘q, u muhokama qilinmoqda. Agar men ularning o‘rnida bo‘lsam, neft ob’ektlariga hujum qilishdan boshqa muqobil yo‘llar haqida o‘ylagan bo‘lardim", — deya javob berdi Qo‘shma Shtatlar rahbari.