Jo Bayden Germaniyaga 24 soatdan kamroq davom etgan tashrifini yakunladi. Bu haqda Deutsche Walle xabar berdi.
"AQSh prezidenti Germaniyaning oliy mukofoti – Germaniya Federativ Respublikasining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni maxsus toifasidagi Katta xochni mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer qo‘lidan qabul qilib oldi. Bu orqali prezident Baydenning nemis-amerika do‘stligi va transatlantik ittifoqni mustahkamlashdagi xizmatlari qayd etildi", deya xabar berdi Germaniya prezidenti idorasi.
Eslatib o‘tamiz, AQShdagi to‘fon tufayli bekor qilingan tashrifning dastlabki jadvalida Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy ishtirokida “Ramshteyn” formatidagi uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi band bo‘lgan. “Ramshteyn” formatidagi uchrashuv noyabr oyiga qoldirildi va u onlayn shaklda o‘tkaziladi.