Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Jo Bayden 8 mln amerikalik talabaning kredit bo‘yicha qarzini kechib yubormoqchi

Jo Bayden 8 mln amerikalik talabaning kredit bo‘yicha qarzini kechib yubormoqchi

AQSh Ta’lim vazirligi bugun Bayden ma’muriyatining talabalar krediti qarzini kechib yuborish bo‘yicha yangi rejasini e’lon qildi.

Reja ta’lim uchun kredit olgan, ammo hozirda tabiiy ofatlardan keyin uy-joyni tiklash yoki davolanish bilan bog‘liq yuqori xarajatlar tufayli moliyaviy muammolarga duch kelgan 8 million amerikalik talabani qamrab oladi. Hujjat 2025 yil boshida tasdiqlanishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, yordam birinchi navbatda keyingi ikki yil ichida to‘lovlarni kechiktirish ehtimoli 80 foiz bo‘lganlarga beriladi.

Qarzni qisqartirish, shu jumladan, talabalar qarzini kechish Jo Baydenning saylovoldi dasturining asosiy nuqtalaridan biri edi. Uning prezidentlik davrida federal kreditlash dasturi bo‘yicha ta’lim kreditlarini hisobdan chiqarish yuzasidan yigirmadan ortiq farmonlar imzolangan. Bugungi kunga qadar hisobdan chiqarilgan qarzlarning umumiy miqdori 175 milliard dollarga yetdi va qariyb 5 million qarz oluvchiga yordam ko‘rsatildi.

Joriy yil boshiga kelib, 43 million amerikalik talabaning jami 1,5 trillion dollar qarzi mavjudligi aniqlandi.

Kiritildi: 10:33 26.10.2024. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!