Jizzax viloyati Zomin tumani “Chorvador” qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi T.X. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Andijon” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ayolning hayosiz videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborishini ma’lum qilib, undan pul va ishqiy munosabatda bo‘lishni talab qila boshlagan.
“Rostda” muxbiri Alijon Abdusattorovning xabar berishicha, ayolning bu to‘g‘ridagi arizasi asosida ichki ishlar organlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xabarga ko‘ra, “Chorvador” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi soylikda ayolni jinsiy yaqinlik qilishga majburlagan erkak jinoyat ustida ushlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atildi.