Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Jizzaxlik 77 yoshli otaxon alimentni naqd pul shaklida pensiyasidan to‘ladi

Jizzaxlik 77 yoshli otaxon alimentni naqd pul shaklida pensiyasidan to‘ladi

Jamiyatda ayrim yosh otalardan farqli o‘laroq, 77 yoshli otaxon o‘zining hayot so‘qmoqlarida keyingi turmushidan paydo bo‘lgan farzandini sud qaroriga asosan 15 yildan buyon aliment pullari bilan ta’minlab kelmoqda.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining qarzdor R.T. undiruvchi SH.S. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Sharof Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga 12.03.2024 yilda kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli idora va tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan va qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari 17.07.2024 yilda vaqtincha cheklangan.

Fuqaro 77 yoshli R.T. bir muddat kasal bo‘lib qolib, boshqa viloyatga ketganligi uchun uning alimentdan qarzi hisob-kitob qilinganda 01.07.2025 yil holatiga 11.524.309 so‘mni tashkil qilgan.

MIB davlat ijrochilari uni chaqirib, alimentni to‘lashi lozimligi tushuntirilganda, otaxon o‘zining jamg‘argan pensiyasidan qarzini naqd pul shaklida to‘ladi.

Shunda, u davlat ijrochilariga “Alimentdan qochish gunoh, men kasal bo‘lib qoldim, bo‘lmasa qarz bo‘lmas edim, men pullarni to‘lab yosh aliment to‘lovchilarga o‘rnak bo‘lgim keldi”, deb o‘z fikrini bildirgan.

Xudo umr bersa, otaxon hali farzandi 18 yosh to‘lgancha aliment pulini to‘lab borishini ham aytib o‘tgan.

Kiritildi: 16:26 19.07.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!