Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Jizzaxdagi oshxonalardan birida qotillik sodir bo‘ldi

Jizzaxdagi oshxonalardan birida qotillik sodir bo‘ldi

Baxmal tumanidagi yuz bergan qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatning muhokamasida viloyat prokurori, viloyat IIBning mas’ul xodimi, tuman sektor rahbarlari, mutasaddi idoralarning rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ish holatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi unga ko‘ra, joriy yilning 04 aprel kuni tumandagi Kamar qishlog‘i hududida joylashgan “K.I” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shahobchasining oshxonasida, ushbu MCHJ ishchisi 1992 yilda tug‘ilgan S.T tomonidan 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro A.N bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli tortishib qolishi natijasida oshxona pichog‘i bilan A.N.ning ko‘krak qafasining orqa qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazganligi oqibatida vafot etgan. Holat yuzasidan Baxmal tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda, viloyat prokurori I.Ergashxodjayev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish ahvoli, mazkur jinoyatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarga batafsil to‘xtalib, kelgusida bu kabi nohush holatlarning oldini olish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni jilovlash bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Kiritildi: 17:38 07.04.2021. O'qildi: 2846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!