Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxdagi oilaviy MTTlarining birida tarbiyalanuvchi vafot etdi

A A A
Jizzaxdagi oilaviy MTTlarining birida tarbiyalanuvchi vafot etdi

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan oilaviy MTTlarining birida tarbiyalanuvchining vafot etgani yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mazkur oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti YATT M.F. nomida bo‘lib, 2020 yil 3- dekabrda tashkil topgan. 2020 yil 3 dekabrdan 2023 yil aprel oyigacha 25 quvvat bilan faoliyat olib borgan. 2023 yil 12 apreldan QK № 108153-O/04 sonli qo‘shimcha kelishuv bilan bitim muddati uzaytirilgan. Ushbu bitimga asosan MTT quvvati 18 o‘rin deb belgilangan. Joriy yilning 15 fevral xolatiga BBIT.uz tizimidagi bola soni 18 nafarni tashkil etadi. 2024 yil 15 fevral kuni MTTda vafot etgan B.P. tashkilotga qatnovchi bolalar ro‘yxatiga kiritilmagan, ya’ni noqonuniy tartibda qatnagan.

Maktabgacha ta’lim agentligi o‘z faoliyati davomida muntazam ravishda MTT tashkil etayotgan tadbirkorlarni noqonuniy hatti-harakatlar sodir etmasligi yuzasidan ogohlantirib kelmoqda.

📣Hurmatli tadbirkorlar! Oilaviy MTT tashkil etib, noqonuniy yo‘l bilan daromad topishni emas, bolalar ta’lim-tarbiyasiga hissa qo‘shishni maqsad qiling. Aks holda, qonun oldida albatta javob berish muqarrar. Unutmang, har bir tarbiyalanuvchining MTTda o‘tkazayotgan vaqti sizning yelkangizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

❗️Noqonuniy faoliyat olib borgan tadbirkorlar bilan Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan shartnoma bekor qilinishini ma’lum qilamiz.

Kiritildi: 14:20 16.02.2024. O'qildi: 1518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!