Jizzaxda o‘qituvchilikka ishga kirmoqchi bo‘lgan shaxsdan pora talab qilgan mas’ul qo‘lga olindi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro Jizzax shahridagi 16-sonli o‘rta umumta’lim maktabiga ish qidirib borganida maktab mas’ullaridan biri unga bo‘sh ish o‘rni borligini, ammo buning uchun pora berishi zarurligini aytgan.
Maktab rahbarlaridan biri ikki nafar o‘qituvchini ishga olish uchun talab qilgan 16 million so‘midan avvaliga 5 million so‘mni olgan. Shundan so‘ng, ushbu shaxs talab qilingan summaning 11 million so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.